Главная » 2015 » Декабрь » 20

Doston Ubaydullayev: “Tangalik bolalar” — oilamiz uchun tragediya!


  • News
  • 20 Дек 2015(23:01)
  • 458
  • 0
Xonanda Doston Ubaydullayev o‘zi suratga tushgan “Tangalik bolalar” filmini ko‘rganda, qalbidan qanday o‘ylar o‘tishini ma’lum qildi.

“Har safar filmni ko‘rganimda, yangi-yangi ma’no topaman. Oilamizga tragediya sifatida ta’sir qiladigan bo‘lib qolgan”, — dedi xonanda.

“Ko‘pchilik muxlislarga ma’lum, onam yoshligimda vafot etgan. Kadrlarda onamning o‘zi chiqqan joylari bor. Avtobus orqasidan yugurgan joyi o‘tdi deguncha, xolam, tog‘am, kelinoyilarim: ‘Bolam, o‘z onangni qidirgandek bo‘lding’, deb telefon qila boshlashadi”, — dedi Doston Ubaydullayev.

“Konstitutsiya kuni arafasida ham ertalabdan ‘O‘zbekiston’ telekanalida ‘Tangalik bolalar’ filmi namoyish etildi, oilaviy tomosha qildik. To‘g‘risini aytsam, maxsus o‘tirib, diskini qo‘yib hech qachon ko‘rmaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Теги: Doston Ubaydullayev: “Tangalik bola

Всего комментариев: 0
avatar