Главная » 2015 » Август » 17

DTM saytida texnik muammo


  • News
  • 17 Авг 2015(22:56)
  • 2363
  • 0

Davlat test markazi sayti texnik muammolar paydo bo'ldi. Fikrimizcha ijobiy yangilik bilan sayt qayta ishga tushiriladi. 3 kun mobaynida abiturientlar tamonidan kutilayotgan OTMlarga kirish imtihon natijalari e`lon qilinishi arafasida deya tahminlarga duch keldik.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni imtihon topshirgan abiturientlar to‘plagan ballarini, talabalikka tavsiya etilganligi yoki etilmaganligini hamda o‘qish davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ekanligini bilish uchun UCell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali 5100 raqamiga javoblar varaqasi raqamini SMS-xabar shaklida jo‘natishi hamda natijalarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori chiqqandan keyin bilib olishi mumkin bo‘ladi. 5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS-xabarlar bepul, 5101 raqamidan kelgan barcha SMS-xabarlar narxi 0.75 dollarni tashkil qiladi. Test sinovi natijasi bilan bog‘liq SMS-xizmatlar Ucell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek Davlat Test Markazi sayti www.dtm.uz saytidan bilib olish mumkin.

Теги:

loading...
Всего комментариев: 0
avatar