Главная » 2016 » Март » 2

Dunyodagi badavlat kishilar soni 10 yildan beri birinchi marta kamaygani qayd etildi


  • voydodaxek
  • 02 Мар 2016(23:45)
  • 601
  • 0

2015-yil oxiriga kelib dunyoda mol-mulki 30 million dollardan ziyod 187,5 ming kishi bo‘lgan. Bir yil davomida mazkur multimillionerlar ro‘yxatidan 5,5 ming kishi tushib qolgan. Ularning umumiy mol-mulki qiymati esa 1,5 trillion dollarga kamayib, 20,8 o‘rniga 19,3 trillion dollarni tashkil etgan, deya  xabar bermoqdda “RBK” .

Buning asosiy sababi sifatida yirik fond indekslarining pasayishi, dunyo ko‘chmas mulk bozorida vaziyatning yomonlashuvi, Yaqin Sharq va Rossiyadagi badavlat kishilar daromadiga ta’sir ko‘rsatgan neft va boshqa xomashyo narxlarining keskin tushib ketishi aytilmoqda.

Millonerlar 2015-yilda eng ko‘p Lotin Amerikasida kamaygan —9%. Rossiya va MDH davlatlarida bu ko‘rsatkich 4 foizni tashkil etgan, Afrikada ham shunday natija qayd etilgan.

Jahondagi milliarderlarning umumiy soni 3 foiz yoki 63 kishiga kamaygan (1982 dan 1919 kishiga tushib qolgan). Rossiya va MDH davlatlarida millarderlar 4, Lotin Amerikasida esa 10 foizga ozaygan. O‘tgan yili 2005-yildan beri birinchi marta dunyoda badavlat kishilar soni kamaygani qayd etilgan.

Всего комментариев: 0
avatar