Главная » 2016 » Февраль » 26

Dunyodagi birinchi uchar avtomobil 2018-yilda paydo bo‘ladi


  • News
  • 26 Фев 2016(11:28)
  • 647
  • 0
Amerikaning Terrafugia kompaniyasi TF-X dunyodagi birinchi uchar avtomobilni 2018-yilda yaratishni rejalashtirmoqda.

Loyiha rahbarlarining ta’kidlashicha, TF-X’ning prototipi Massachusets texnologiya institutining aerodinamik quvurida sinovdan o‘tmoqda. U dvigatel quvvati 300 ot kuchiga teng suriladigan qanotlarga ega bo‘lib, ularning yordamida soatiga 322 kilometr tezlikka erisha oladi.

Ishlab chiqaruvchilar foydalanish uchun kabinaga kirib, kompyuterga joy nomini kiritish kifoya qiladigan transport vositasini yaratishni ko‘zda tutmoqda.

Terrafugia’dan uchar avtomobil sotuvda 2025-yilda paydo bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Terrafugia kompaniyasi avvalroq TF-X’ning dizayni konsepsiyasini namoyish etgandi.
Всего комментариев: 0
avatar