Главная » 2015 » Октябрь » 3

Dunyodagi eng kuchli sun’iy yurak ko‘pikdan tayyorlandi


  • News
  • 03 Окт 2015(19:31)
  • 869
  • 0
Amerikalik olimlar yumshoq materiallardan dunyodagi eng kuchli sun’iy yurak yaratdi. Ko‘pikka o‘xshash va yuqori egiluvchanlikka ega silikon boshqa qurilmalarga nisbatan ko‘proq hajmda suyuqlikni haydab berishga imkon yaratadi.

Tadqiqotchilarni inson organizmi ichida to‘qimalar bilan “chiqishib” ishlaydigan yumshoq robotlar va sun’iy mushaklar loyihalari ilhomlantirdi. Yurak nusxasi egiluvchan silikondan tayyorlandi. Qattiq materiallardan tayyorlanadigan kardioprotezlardan farqli ravishda, silikon ko‘pikli yurak g‘ovak bo‘lib, bu unga havo kirishi hamda qon tomirlarda oqib, haqiqiy yurakni harakatga keltirgani kabi, urishga majbur etadi.

Yangi qurilma hali tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun tayyor emas. Inson badani uchun xos bo‘lgan yuqori haroratlarda silikon ko‘pikning xususiyatlari nechog‘li o‘zgarishi hozircha noma’lum. Undan tashqari, garchi yetkazib beriladigan suyuqlik hajmi bo‘yicha ko‘pikli yurak qattiq materialdan tayyorlanganiga qaraganda o‘tib tushsa-da, mazkur jarayonning tezligi tadqiqotchilarni qoniqtirmayapti.

Теги: Dunyodagi eng kuchli sun’iy yurak k

Всего комментариев: 0
avatar