Главная » 2016 » Январь » 21

Dunyodagi eng qudratli narkobaron tushkunlikni yengish uchun qamoqxonada “Don Kixot”ni o‘qimoqda


  • News
  • 21 Янв 2016(19:01)
  • 338
  • 0
Meksikadagi o‘ta qattiq tartibli “Altiplano” qamoqxonasida saqlanayotgan “Pakana” laqabli mashhur narkobaron Xoakin Gusman Loera tushkunlikda ekanligi bildirilmoqda. Bu holatni yengishi uchun qamoqxona rahbariyati unga Migel de Servantesning “Don Kixot” kitobini berdi. Bu haqda Meksika jinoyatchilikni oldini olish va ijtimoiy moslashish boshqarmasi boshlig‘i Eduardo Gerrero ma’lum qildi.

“U bizga qochuvlardagi hayotidan charchagan, tushkun ahvolda keltirildi. Buni birinchi so‘roq chog‘ida o‘zi ham tan oldi. Shuning uchun unga ‘Don Kixot’ kitobini berdik, — deya ta’kidlagan Gerrero Imagen radiosiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xoakin Gusman 8-yanvar kuni Sinaloa shtatidagi Los-Mochis shahrida maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga tushirilgan. Bundan oldinroq u Gollivud aktyori Shon Penn bilan suhbatda o‘zining dunyodagi eng qudratli narkobaron ekanligini tan olgandi.

Теги: Dunyodagi eng qudratli narkobaron t

Всего комментариев: 0
avatar