Главная » 2015 » Декабрь » 13

Dunyoning eng xavfsiz avtomobillari reytingida Chevrolet’ning uchta modeli oliy mukofotga ega bo‘ldi


  • News
  • 13 Дек 2015(17:42)
  • 1043
  • 0
Amerikaning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) tomonidan 2016-yil uchun Shimoliy Amerika bozoriga taqdim etilgan eng xavfsiz avtomobillar reytingi tuzib chiqildi.

Mazkur ro‘yxatga Top Safety Pick+ 2016 mukofotini qo‘lga kiritgan 48 ta avtomobil kiritildi. Shuningdek, yana 13 ta model quyiroq darajadagi Top Safety Pick 2016 mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, 2015-yilgi natijalar bilan solishtirilganda, eng xavfsiz avtomobillar ro‘yxatidagi modellar soni 10 taga kamaygan.

Ma’lumki, IIHS sinovlari bu borada jahondagi eng qattiqqo‘l sanaladi. 2015-yilda esa krash-testlar usuli yanada kuchaytirildi. Masalan, yuqoridagi mukofotlardan birini qo‘lga kiritish uchun avtomobil eng kamida old tomonidan sodir bo‘ladigan to‘qnashuvlarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi bazaviy tizimga ega bo‘lishi kerak.

Shunday qilib, IIHS sinovlari natijalariga ko‘ra, Toyota avtomobillari dunyodagi eng ishonchli ulovlar deb topildi. Yapon markasining 10 ta modeli Top Safety Pick+ mukofotiga ega bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda esa 8 ta Top Safety Pick+ va bitta Top Safety Pick mukofotini qo‘lga kiritgan Honda rusumli avtomobillar egalladi. Yettita Top Safety Pick+ mukofotini to‘plagan Volkswagen kompaniyasi uchinchi o‘rinni band etdi. Uning VW va Audi avtomobillariga egalik qilayotgan xaridorlar ham birmuncha xotirjamroq mashina boshqarishlari mumkin. Eng xavfsiz avtomobillar reytingida Subaru va Volvo modellari ham joy oldi.

E’tiborlisi, reytingning o‘rta narx toifasidagi xavfsiz avtomobil sifatida Chevrolet Malibu Limited modeli tilga olindi. O‘rta hajmli mashinalar ichida esa Chevrolet Equinox modeli Top Safety Pick+ 2016 mukofotini qo‘lga kiritdi. Chevrolet kompaniyasining Chevrolet Sonic avtomobili esa ixcham avtomobillar ro‘yxatida xuddi shu mukofotga ega bo‘ldi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar