Главная » 2015 » Июль » 18

Estoniyaga AQSh harbiylarining yangi bo‘linmasi keladi


  • Admin
  • 18 Июл 2015(12:06)
  • 330
  • 0

Bugun, 17-iyul kuni Estoniyaga AQSh sapyorlik batalyonining yangi bo‘linmasi yetib keladi va mamlakat mudofaa kuchlari markaziy poligonida bahordan beri ishlayotgan hamyurtlari bilan o‘rin almashadi. Bu haqda ERR ma’lumotlariga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.

 

AQShning 15-sapyorlik batalyoni 902-rotasi harbiy xizmatchilari poligonda to‘rtta kazarma bunyod etgan va og‘ir texnika uchun Tapa shahrigacha 5 kilometrli yo‘l qurgan. Batalyonning doimiy istiqomat joyi esa Germaniyaning Grafenvere shahridagi harbiy baza hisoblanadi.

Oldinroq Estoniyada NATO kuchlari va og‘ir bronetexnikasi uchun yana bir harbiy poligon qurilishi ma’lum qilingan edi.

Всего комментариев: 0
avatar