Главная » 2015 » Октябрь » 24

Facebook asoschisining 2016-yilda ochiladigan maktabiga hali tug‘ilmagan bolalar o‘qishga qabul qilinadi


  • News
  • 24 Окт 2015(13:36)
  • 492
  • 0
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg o‘z turmush o‘rtog‘i bilan Kaliforniya o‘quvchilariga ular tug‘ilganidan boshlab, ta’limni yakunlaguniga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy maktab ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

“Bu ta’lim va tibbiy xizmatni o‘zida birlashtirgan maktabning yangi ko‘rinishi bo‘ladi”, — deb yozadi Sukerberg Facebook’dagi o‘z sahifasida. Maktab 2016-yil avgustida faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Maktabda ta’lim bepul bo‘ladi, u birinchi navbatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini qabul qiladi. Ba’zi holatlarda esa bolalar hali tug‘ilmasidan maktabga qabul qilinadi, ularning onalari esa tug‘uruqqacha parvarish qilinadi.

“Salomatlik va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Agar bola kasal bo‘lsa, ta’lim olishi qiyin kechadi. Butun mamlakat bo‘ylab har kuni ko‘plab bolalar va muallimlar sinflardagi yomon salomatlik oqibatlariga to‘qnash keladi”, — deya qo‘shimcha qildi Sukerberg.

Avvalroq, Sukerberg o‘z ayoli bilan birga San-Fransisko shahri va uning atrofidagi maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z mablag‘lari hisobidan 120 million dollar ajratishi haqida xabar berilgan edi.
Всего комментариев: 0
avatar