Главная » 2015 » Сентябрь » 28

Facebook rahbari qochoqlar lagerlarini internetga ulaydi


  • News
  • 28 Сен 2015(14:24)
  • 479
  • 0
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg muhojirlarning lagerlarini internetga ulamoqchi. Bu haqda u 26-sentabr, shanba kuni BMTning barqaror rivojlanish sammiti doirasida Nyu-Yorkda tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi.

Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, aloqa qochoqlarga imkon qadar tezroq yordam olish va o‘z oilalari bilan aloqani saqlab turishga yordam beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Yer aholisining faqat yarmi internetdan foydalanmoqda, xolos.

“Agar siz odamlarning jahonning istalgan nuqtasida oziq-ovqat, tibbiy yordam, ta’lim olishlari va mehnat bilan band bo‘lishlarini istasangiz, butun dunyoni aloqa bilan bog‘lamoq kerak. Internet hozirgidek faqat uch milliard kishiga tegishli bo‘lmasligi kerak”, — deyiladi Sukerbergning U2 rok-guruhi yetakchisi Bono bilan hamkorlikda The New York Times gazetasida chop etilgan maqolasida.

Facebook rahbari namuna tariqasida Efiopiya va Tanzaniyadagi fermerlarni keltirgan — ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xarid narxlarini kuzatish, mahsulotning omborlarda borligini tekshirish, noqulay ob-havo sharoitidagi xavflardan sug‘urtani rasmiylashtirish uchun internetdan samarali foydalanadi.
Всего комментариев: 0
avatar