Главная » 2015 » Ноябрь » 18

Farg‘onada sobiq Furan birikmalari zavodi o‘rnida Mustaqillik shaharchasi bunyod etiladi


  • News
  • 18 Ноя 2015(19:00)
  • 251
  • 0
Farg‘ona shahrida, shahar bosh rejasiga muvofiq, sobiq Furan birikmalari zavodi o‘rnidagi 41 gektar maydonda Mustaqillik shaharchasi qurilmoqda.

Bungacha Farg‘onadagi Harbiylar shaharchasi hududida bo‘shatilgan yer maydonlarida 34 ta ko‘p qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirilgan, shahar markazida bir asrdan beri havoni ifloslantirib kelayotgan yog‘-moy zavodi o‘rnida esa 1000 o‘rinli Teatr-konsert saroyi qurib bitkazilgandi.

Avvalroq, shahar bosh rejasini amalga oshirish uchun 2012-yildan beri 922 milliard so‘m sarflangani haqida xabar berilgandi.

Теги: Farg‘onada sobiq Furan birikmalari

Всего комментариев: 0
avatar