Главная » 2015 » Август » 17

Forbes 2015 yilgi Rossiyaning eng boy tadbirkorlari ro'yxatini chop etdi


  • Admin
  • 17 Авг 2015(13:55)
  • 1842
  • 0

Forbes 2015 yil uchun har yili an'anaviy tarzda chop etadigan Rossiyaning eng boy tadbirkorlarining 12-reytingini chop etdi. Ro'yxatning yuqori uchligidan Vladimir Potanin, Mixail Fridman va Alisher Usmonov o'rin oldi.

Forbes talqini bo'yicha 2015 yilgi eng boy rossiyalik tadbirkorlar ro'yxatining yuqori o'ntaligi quyidagicha ko'rinish oldi:
1. Vladimir Potanin («Norilskiy nikel»), davlati – $15,4 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – plyus $2,8 mlrd);
2. Mixail Fridman («Alfa-Bank», Vimpelcom, X5 Retail Group, RWE Dea), davlati – $14,6 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $3 mlrd);
3. Alisher Usmonov («Metalloinvest», Mail.Ru Group, «Megafon», DST Global, «YuTV Xolding»), davlati – $14,4 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $4,2 mlrd);
4. Viktor Vekselberg (KES, Oerlikon, Sulzer, «Akado», «Rusal»), mablag'i – $14,2 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $3 mlrd);
5. Aleksey Mordashov («Severstal», TUI AG, «Silovye mashiny», «Utkonos»), davlati – $13 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – plyus $2,5 mlrd)
6. Vagit Alekperov («Lukoyl»), davlati – $12,2 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $1,4 mlrd);
7. Leonid Mixelson («Novatek», «Sibur»), davlati – $11,7 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $3,9 mlrd);
8. Vladimir Lisin (NLMK, UCL Holding), davlati – $11,6 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $5 mlrd);
9. Gennadiy Timchenko («Novatek», bank «Rossiya», «Transoyl», «Sibur»), davlati – $10,7 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $4,6 mlrd);
10. Mixail Proxorov («Rusal», «Intergeo», bank MFK, Brooklyn Nets), davlati – $9,9 mlrd (bir yil ichidagi o'zgarish – minus $1 mlrd);

2014 yilda ushbu reytingga Alisher Usmonov boshchilik qilgan. Undagi keyingi o'rinlarni Mixail Fridman va Viktor Vekselberg.egallagan.

Всего комментариев: 0
avatar