Главная » 2015 » Август » 6

Forbes eng ko‘p haq oluvchi aktyorlarni e’lon qildi


  • News
  • 06 Авг 2015(12:07)
  • 1209
  • 0
Amerikaning Forbes jurnali reytingiga ko‘ra, “Qasoskorlar” yulduzi Robert Dauni eng ko‘p haq oluvchi aktyor sifatida qayd etildi. Uning daromadi o‘tgan yilning iyun oyidan 2015-yilning 1-iyuniga qadar 80 million dollarni tashkil etdi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini gonkonglik aktyor Jeki Chan egalladi. Uning daromadi 50 million dollarga baholandi.

Uchinchi o‘rinda 47 million dollar daromadi bilan Vin Dizel, to‘rtinchi o‘rinda – Bredli Kuper (41,5 million), beshinchi o‘rinda – Adam Sendler (41 million), oltinchi o‘rinda – Tom Kruz (40 million) qayd etildi.

Yettinchi o‘rinni Bollivud aktyorlari Amitabx Bachchan va Salmon Xon (33,5 million) bo‘lishib oldi, to‘qqizinchi o‘rinni ham hind aktyori Akshay Kumar (32,5 million) egalladi. 32 million dollar daromadi bilan Mark Uolberg o‘ninchi o‘rindan joy oldi.
Всего комментариев: 0
avatar