Главная » 2016 » Август » 18

Foto: Eng g‘amgin Olimpiada chempioni


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(13:01)
  • 412
  • 0
Daily Mail nashri Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi, Shimoliy koreyalik gimnastikachi Li Segvanning yuz ifodasiga e’tibor qaratdi, deb xabar bermoqda TJournal. Li Segvan Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida tayanib saklash musobaqasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Taqdirlash marosimida mos ravishda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan rossiyalik Denis Ablyazin va yaponiyalik Kenzi Shirakdan farqli o‘laroq, Shimoliy koreyalik sportchining yuzida hech qanday hissiyot namoyon bo‘lmadi. OAVlarga bergan intervyusida Li shunday dedi: “Men davlatimiz rahbariga g‘alaba hissini keltirganim uchun quvonchga to‘lgan edim”. Daily Mail nashrining qayd etishicha, Li Segvan Shimoliy Koreyaga qaytishdan xafa edi. Rio–2016 Olimpiadasida KXDR vakillari mansabdor shaxslarning qattiq nazorati ostida bo‘lib turibdi. Ularning barchasidan Olimpiada rasmiy hamkori – Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan telefonlar olib qo‘yilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar