Главная » 2016 » Август » 24

Foto: Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joylariga yo‘lni ko‘rsatuvchi ko‘zgular o‘rnatildi


  • Pro_eXclusive
  • 24 Авг 2016(13:45)
  • 481
  • 0
Foydalanuvchilardan birining qayd etishicha, bu ko‘zgular ham haydovchilar, ham yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar uchun mo‘ljallangan. Gap shundaki, so‘nggi vaqtlarda katta ko‘chalarning o‘rtasiga o‘rnatilayotgan ajratuvchi to‘siqlar ba’zi hollarda piyodaga yaqinlashib kelayotgan avtomobilni, haydovchiga esa yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rish imkonini bermaydi. Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan ko‘zgu esa aynan shu kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi — ko‘zgu vaziyatni “panorama” rejimida ko‘rsata olgani sabab, piyodaning ham, haydovchining ham xavfsizligi bir qadar oshadi. Avvalroq O‘zbekistonning boshqa hududlarida ajratuvchi to‘siqlar bilan bog‘liq mazkur muammoning boshqacharoq yechimi tatbiq etila boshlangan edi — yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi panjaraning piyodalar o‘tish joyiga yaqin qismi piyoda va haydovchilarga qulay tarzda pasaytiriladi. Mazkur ajratuvchi to‘siqlarni o‘rnatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — piyodalar duch kelgan joyda yo‘lni kesib o‘tishini, shuningdek, haydovchilarning qoidalarga xilof ravishda qarama-qarshi qatnov qismiga o‘tishini oldini olishdir. Biroq ba’zi piyodalar uchun bu chora yetarli to‘siq bo‘la olmasligini ko‘rish mumkin:

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar