Главная » 2016 » Август » 22

Fransiya sobiq iqtisodiyot vaziri prezident lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ydi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(09:39)
  • 214
  • 0
Fransiya sobiq iqtisodiyot vaziri Arno Montebur prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surdi, deb yozadi “RBK” sobiq vazirning Twitter’iga tayanib. “Men — Fransiya Respublikasi prezidenti lavozimiga nomzodman”, — deb yozdi Montebur. O‘z mikroblogida u, shuningdek, ayni paytda mamlakatdagi vaziyat juda og‘irligidan, g‘oyalar, loyihalar va odamlarning yangilanishi o‘ta muhim ekanligini ta’kidladi. O‘z niyatlari haqida gapirar ekan, Montebur deputatlar sonini kamaytirib, senatni qaytadan tashkillashtirishni rejalashtirayotganini aytdi. Fransiyada prezidentlik saylovlari 2017-yil bahorida bo‘lib o‘tadi.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar