Главная » 2015 » Июль » 29

Fransiya tashqi ishlar vaziri Eron bilan aloqalarni tiklash uchun Tehronga tashrif buyurdi


  • Admin
  • 29 Июл 2015(19:04)
  • 405
  • 0

Fransiya tashqi ishlar vaziri 29-iyul kuni tashrif bilan Eron poytaxti Tehron shahriga keldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Bu Fransiya TIV rahbarining so‘nggi 12 yil ichida Eronga uyushtirgan ilk tashrifidir.

 

“Bu — muhim tashrif. Biz ikki muhim mustaqil davlatmiz, ikkita buyuk sivilizatsiyamiz. So‘nggi yillarda barchaga ma’lum sabablarga ko‘ra aloqalar haqiqatan ham yomonlashgandi, biroq endi yadro datrui bo‘yicha kelishuv evaziga ko‘p narsa o‘zgaradi.

Mening tashrifim mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yangi munosabatlarning boshlanishi bo‘ladi. Eron ham, Fransiya ham mintaqada tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun qator majburiyatlarga ega. Men Eron prezidenti uchun joriy yil noyabrida Fransiyaga tashrif buyurish taklifi yozilgan maktub olib keldim”, —dedi Fabius.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif, neft vaziri Bijan Namdar Zangane, sanoat, shaxtalar va savdo vaziri Muhammad Rizo Ne’matzoda, Eron vitse-prezidenti va Atrof-muhit muhofazasi tashkiloti rahbari Ma’suma Ebtekar bilan uchrashadi. Qayd etilishicha, sentabr oyida fransuz kompaniyalari vakillari delegatsiyasining Eronga rasmiy tashrifi uyushtiriladi.

Теги: Fransiya tashqi ishlar vaziri Eron

Всего комментариев: 0
avatar