Главная » 2016 » Сентябрь » 13

Fransiyada futbolchi o‘yin vaqtida vafot etdi


  • Pro_eXclusive
  • 13 Сен 2016(16:19)
  • 454
  • 0
Fransiyaning “Bigugliya” jamoasi himoyachisi Ben Idriise Derme “Furiani” klubiga qarshi mamlakat Kubogi bahslarining 3-bosqich o‘yinida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Xabarda qayd etilishicha, o‘yin vaqtida 34 yoshli futbolchining yuragi xuruj qildi va u hushsiz chimga yiqildi. Shifokorlar futbolchining hayotini saqlab qolish uchun kurashdi, ammo u hayotdan ko‘z yumdi. Ben Idriise Derme o‘z vaqtida Burkina-Faso terma jamoasi safida 4 ta uchrashuv o‘tkazgan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar