Главная » 2016 » Сентябрь » 4

Fransuzlarning aksariyat qismi Olland yana prezidentlik lavozimini egallashini istamasligi ma’lum bo‘ldi


  • Pro_eXclusive
  • 04 Сен 2016(16:59)
  • 247
  • 0
Fransuzlarning aksariyat qismi mamlakat prezidenti Fransua Olland yangi muddatga nomzodini qo‘yishini istamaydi. IFOP sotsiologik tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya ma’lum qiladi “Korrespondent.net”. So‘ralganlarning 85 foizi Ollandni yana davlat rahbari lavozimida ko‘rishni istamasligini bildirdi. Shu bilan birga, respondentlarning deyarli to‘rtdan uch qismi u yangi saylovlarda baribir nomzodini ilgari surishiga ishonchi komil. “So‘l front” vakili Jan-Lyuk Melenshon prezidentlikka saylanishini yoqlab so‘rov ishtirokchilarining 41, Ollandga 36, bosh vazir Manuel Vals uchun 34 foizi ovoz bergan. Ma’lumot uchun, Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 2017-yil aprelida bo‘lib o‘tadi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar