Главная » 2015 » Июль » 13

Galapagos – dunyodagi eng chiroyli orol deb e’lon qilindi


  • Admin
  • 13 Июл 2015(19:38)
  • 511
  • 0

Ekvadorning Galapagos arxipelagi dunyodagi eng xushmanzara va sayyohlar uchun qiziqarli orollar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda The Daily Mail xabar beradi.

O‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida o‘ziga eng ko‘p jalb etuvchi orollar o‘ntaligi ro‘yxati tuzildi. Unga ko‘ra, Galapagosdan keyingi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Bali oroli va Maldiv Respublikasi egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Tasmaniya va Santorini orollari zabt etdi.

Galapagos orollari o‘zining betakror o‘simlik va hayvonot olami bilan sayyohlar e’tiborini tortadi. Orollar Ekvador davlatiga qarashli bo‘lib, arxipelag aholisi 25 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.

Теги: Galapagos – dunyodagi eng chiroyli

Всего комментариев: 0
avatar