Главная » 2015 » Сентябрь » 30

Gazlangan ichimlik ixlosmandlariga Coca-Cola va Sprite’ni uyda tayyorlash taklif qilindi


  • News
  • 30 Сен 2015(08:17)
  • 482
  • 0
Cola-Cola, Sprite va Fanta ichimliklari ixlosmandlari 29-sentabrdan sotuvga chiqqan mazkur gazlangan ichimliklarni uy sharoitida tayyorlash imkonini beruvchi avtomatlar yordamida ularni mustaqil ravishda tayyorlashlari mumkin bo‘ladi.

Avtomatlar AQShning qahva tayyorlaydigan mashinalar ishlab chiqaruvchi Keurig Green Mountain kompaniyasi tomonidan Coca-Cola bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Ichimliklarni tayyorlash uchun xaridorlar sirop konsentrati va karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirilgan kapsulalardan foydalanishlari kerak bo‘ladi.

Coca-Cola brendi ichimliklarini tayyorlash imkonini beruvchi avtomatlar, asosan, internet-do‘konlar orqali sotiladi, shuningdek, mahsulotning cheklangan partiyasi AQShdagi do‘konlarga chiqariladi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar