Главная » 2015 » Июль » 10

General Motors 200 000 ga yaqin Hummer avtomobilini yonib ketish xavfi tufayli qaytarib olmoqda


  • News
  • 10 Июл 2015(08:27)
  • 528
  • 0
General Motors kompaniyasi yana avtomobillarini qaytarib olishga majbur bo‘ldi, bu safar Hummer va Chevrolet Spark avtomashinalarining egalari dilerlarga murojaat qilishi kerak.

Hummer avtomashinasidagi muammo uning isitish, havo haroratini bir xilda saqlash va shamollatish tizimlaridagi kamchilikdan iborat. Kamchilik natijasida 42 ta noxush hodisa yuz bergan: ulardan uchtasida odamlar kuyish jarohatini olgan, ikki holatda esa olov mashinalarni to‘liq yo‘q qilgan.

2006—2010-yillarda chiqarilgan Hummer H3 va 2009—2010-yillarda ishlab chiqarilgan Hummer HT3 avtomobillari qaytarib olinadi. Muammo 200 mingga yaqin avtomashinaga tegishli bo‘lib, ularning asosiy qismi Shimoliy Amerikada sotilgan.

Chevrolet Spark modeli esa dasturiy ta’minot tizimidagi xatolik tufayli qaytarib olinadi. Ushbu kamchilik natijasida mediasistema ekrani ma’lumotlarni, jumladan xavfsizlik bilan bog‘liq xabarlarni ko‘rsatmay qoladi. GM 2014—2015-yillarda chiqarilgan 51 mingga yaqin Chevrolet Spark mashinalarini qaytarib oladi.

Manba: Daryo.uz
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar