Главная » 2016 » Январь » 21

General Motors avtomobillarni ijaraga berish bo‘yicha Uber’ga o‘xshash servisini ishga tushirdi


  • News
  • 21 Янв 2016(18:59)
  • 353
  • 0
Amerikaning General Motors avtogiganti avtomobillarni ijaraga olish bo‘yicha Maven nomli servisni taqdim etdi. U o‘z faoliyatining xususiyatiga ko‘ra, Uber va Zipcar’ga raqobatchidir.

GM’dan Chevrolet Volt va Spark mashinalarini soatiga 6 dollar narxida ijaraga olish mumkin bo‘ladi. Servis Michigan shtatidagi Enn-Arbor shahrida, so‘ng Nyu-York va Chikagoda ham ishlashni boshlaydi.

“Biz iste’molchilar xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlarni kuzatib, shundan kelib chiqqan imkoniyatlarni ko‘ramiz. Biz ushbu o‘zgarishlar boshida turganimizga ishonch hosil qilmoqchimiz”, — dedi GM rahbari Dan Ammansaid.
Всего комментариев: 0
avatar