Главная » 2015 » Октябрь » 3

General Motors haydovchisiz boshqariladigan Chevrolet Volt’ni tayyorlaydi


  • News
  • 03 Окт 2015(19:25)
  • 496
  • 0
General Motors konserni 2016-yil oxirida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Avtopilotli avtomobillar yangi avlod Chevrolet Volt gibridi bazasida tayyorlanadi.

Haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning sinovlari konsernning Michigan shtati, Uorren shahrida joylashgan texnik markazida bo‘lib o‘tadi. Kompaniya xodimlari maxsus mobil dastur yordamida hudud bo‘ylab harakatlanish uchun avtomobilni band qilishlari va qayerga borishlari kerakligini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng avtomobil mustaqil ravishda odamlarni kerakli joyga yetkazib qo‘yadi.

Konsern vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur “harakatlanuvchi laboratoriyalar” to‘liq avtonom mashinalarning texnik imkoniyatlari tadqiqini tezlashtirishga yordam beradigan zarur tajribani qo‘lga kiritish imkonini taqdim etadi.
Всего комментариев: 0
avatar