Главная » 2015 » Июль » 18

GM Uzbekistan avtomobil ishlab chiqarishni 6,5 foizga kamaytirdi


  • Admin
  • 18 Июл 2015(12:00)
  • 443
  • 0

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2015-yilning birinchi yarmida 119 412 ta avtomobil ishlab chiqardi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

GM Uzbekistan avtomobillari. Foto: O‘zA

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga kam demakdir – 2014-yilning dastlabki olti oyida 127,7 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan.

2014-yil davomida GM Uzbekistan jami 245,6 mingta, 2013-yilda 246,6 mingta, 2012-yilda 236,2 mingta, 2011-yilda 222 mingta, 2010-yilda 217,7 mingta avtomobil ishlab chiqargan.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar