Главная » 2015 » Октябрь » 15

Gm-uzbekistan.com saytining GM Uzbekistan va “O‘zavtosanoat”ga aloqador emasligi ma’lum qilindi


  • News
  • 15 Окт 2015(09:53)
  • 499
  • 0
“Gm-uzbekistan.com” nomi ostida GM Uzbekistan ishlab chiqargan avtomobillar haqida ma’lumot beruvchi saytning aslida GM Uzbekistan va “O‘zavtosanoat”ga aloqasi yo‘q. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: 12news.uz
“Gm-uzbekistan.com” sayti 2016-yildan boshlab Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilishi, ularning o‘rnini Sonic, Tracker va Impala modellari egallashi haqida xabar berdi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning turli OAVlari ushbu saytga tayangan holda noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatishni boshladi.

Ammo “O‘zavtosanoat” axborot xizmati yuqoridagi ma’lumotlarni rad etdi va “Gm-uzbekistan.com” saytining GM Uzbekistan’ga ham, “O‘zavtosanoat”ga ham daxli yo‘q ekanligini ma’lum qildi. Bu kabi ishonchsiz xabarlar kompaniya imijiga zarar keltirishdan tashqari, iste’molchilarni chalg‘itayotgani ham ta’kidlandi.

Kompaniya o‘z korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi barcha aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni “O‘zavtosanoat” AKning axborot xizmati yoki rasmiy saytlar www.uzavtosanoat.uz va www.chevrolet.uz orqali olish mumkinligini yana bir marta eslatib o‘tdi.

“O‘zavtosanoat” AKning axborot xizmatining telefon raqamlari: 267-74-84, 267-74-85.
Всего комментариев: 0
avatar