Главная » 2015 » Сентябрь » 19

Gollivud “Do‘stlar” serialini barcha davrlardagi eng yaxshi teleserial deb atadi


  • News
  • 19 Сен 2015(08:47)
  • 534
  • 0
The Hollywood Reporter nashri Gollivud kinosining yaratilishiga aloqador 2,8 ming kishidan sevimli serialini aytishni so‘radi. So‘rov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Do‘stlar” (Friends) seriali egalladi.

Ushbu serial NBC telekanali orqali 1994-yildan 2004-yilga qadar namoyish etilgan edi.

Ikkinchi o‘rinni AMC telekanali orqali 2008—2013-yillarda namoyish etilgan “Tubanlashish” (Breaking Bad) dramasi egalladi.

Uchinchi o‘rinni esa Fox telekanali orqali 1993—2002-yillarda omma e’tiboriga havola etilgan “Maxfiy hujjatlar” (The X-Files) fantastik seriali qo‘lga kiritdi.
Всего комментариев: 0
avatar