Главная » 2015 » Декабрь » 24

Google akkauntga parolsiz kirishga ruxsat beradi


  • News
  • 24 Дек 2015(23:32)
  • 281
  • 0
Google kompaniyasi mutaxassislari akkauntga kirishning yangi interfeysini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kelgusida parol kiritishdan voz kechish imkoni tug‘iladi.

Google akkauntida parolsiz avtorizatsiyadan o‘tish uchun smartfon kerak bo‘ladi. Akkauntga kirishga urinish chog‘ida tasdiqlash kodini olish uchun hisob yozuviga telefon raqamini bog‘lashni bajarish lozim.

Yangi funksiyani sinovdan o‘tkazilayotgani Google-akkauntlardan an’anaviy parollar uzil-kesil yo‘qolishini anglatmaydi. Foydalanuvchilarga kirishning ikki variantidan birini tanlash imkoniyati taklif etiladi, smartfon yo‘qolgan taqdirda telefon raqamini akkauntda faollashtirish mumkin bo‘ladi.

Hozircha yangi funksiyadan faqat foydalanuvchilarning cheklangan doirasigina foydalana oladi. Mutaxassislar mazkur yangilik akkaunt egalarini xakerlar va firibgarlar xurujidan asrashda yordam berishiga ishonmoqda.

Теги: Google akkauntga parolsiz kirishga

Всего комментариев: 0
avatar