Главная » 2015 » Октябрь » 2

Google.com domeni tasodifan 12 dollar evaziga sotib yuborildi


  • News
  • 02 Окт 2015(14:33)
  • 461
  • 0
Ved Google Domains servisi orqali yangi domen qidirayotganida tasodifan Google.com domeni bo‘sh ekanligini payqab qoladi va 12 dollar evaziga uni xarid qiladi. Shundan so‘ng Sanmayga Google.com domeni egasi ekanligini tasdiqlovchi elektron xat keladi.

Vedning ta’kidlashicha, bir daqiqa davomida saytni boshqarish huquqiga ega bo‘lgan. Bu muddat o‘tgach Google Domains oldi-sotdini bekor qiladi va xaridorga pulini qaytaradi.

Sanmayning taxminiga ko‘ra, u domenni Google Domains servisi faoliyatidagi xato yoki kompaniya domenga egalik huquqini cho‘zdirishni unutgani tufayli xarid qilgan bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning o‘zi mazkur hodisaga izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Google.com dunyodagi eng ko‘p kiriladigan elektron manzil hisoblanadi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar