Главная » 2015 » Ноябрь » 16

Google kapitalizatsiyasi Uoll-strit uchun rekord darajadagi 66,9 mlrd dollarga o‘sdi


  • Admin
  • 16 Ноя 2015(19:35)
  • 382
  • 0
Google Inc. aksiyalari narxi 13-noyabr, juma kungi savdolarda 16,3 foizga — rekord darajadagi 699,62 dollarga ko‘tarilib ketdi, kompaniya kapitalizatsiyasi bir sessiyada 66,9 milliard dollarga oshdi, bu Uoll-stritda qayd etilgan maksimal bir kunlik o‘sishdir.

13-noyabr kuni bozor yopilishida Google kapitalizatsiyasi 478 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Google bozor narxining bir sessiyadagi o‘sishi Uoll-strit uchun rekord darajada bo‘ldi, u Apple Inc. va Cisco Systems kapitalizatsiyasidagi sakrashlarni ortda qoldirdi.

Nashr eslatishicha, Apple’ning bozor qiymati 2012-yil 25-aprel kuni bir kunda 46 milliard dollarga oshib ketgan edi, Cisco esa 2000-yil 17-aprelda kapitalizatsiyasini 66,1 milliard dollarga ko‘paytirgan.

Kamida beshta brokerlik kompaniyalari — JPMorgan, Bernstein Research, Nomura Research, Jefferies va Evercore Google aksiyalari narxi yanada o‘sishini kutmoqda.
Всего комментариев: 0
avatar