Главная » 2015 » Ноябрь » 6

Google mutaxassislari Samsung Galaxy S6 Edge smartfonida xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni aniqladi


  • News
  • 06 Ноя 2015(17:56)
  • 501
  • 0
Amerikaning Google internet-korporatsiyasi o‘zi tomonidan yaratilgan Android tizimida ishlovchi Janubiy Koreyaning Samsung Galaxy S6 Edge smartfonida xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar borligini aniqladi.

Aniqlangan baglar orqali xakerlar masofadan turib qurilma ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kirita olishi mumkin. Samsung ba’zi kamchiliklarni bartaraf etganini ma’lum qildi, qolgan muammolar noyabrda chiqadigan navbatdagi proshivka orqali hal etiladi.

Jami 11 ta bag topilgan bo‘lib, ular qurilmaning drayverlari, tasvirlarni qayta ishlash tizimi, Samsung elektron pochtasi, telefonning simsiz qurilmasi va boshqalarga aloqador. Simsiz qurilmadagi kamchilik orqali xakerlar telefon himoya tizimidagi funksiyalarni o‘zgartira olishi mumkin.
Всего комментариев: 0
avatar