Главная » 2015 » Июль » 17

Google’ning haydovchisiz boshqariladigan mashinasi birinchi marta YTHga uchradi


  • Admin
  • 17 Июл 2015(17:16)
  • 381
  • 0

Lexus bazasida yaratilgan, haydovchisiz boshqariladigan Google avtomobili YTHga uchradi, deb xabar beradi Meduza.

 

Hodisa 1-iyul kuni Kaliforniya shtatining Mauntin-Vyu shahridagi chorrahada sodir bo‘ldi. Google mashinasi svetoforda to‘xtaganda, orqadan soatiga 30 kilometrga yaqin tezlikda kelayotgan avtomobil unga urilib ketdi.

YTH natijasida haydovchisiz boshqariladigan mashinada bo‘lgan uch kishiga uncha jiddiy bo‘lmagan shikast yetdi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati yuzaga kelmadi. Google YTH haydovchisiz boshqariladigan mashinaning aybi bilan sodir bo‘lgan deb aytishga hech qanday asos yo‘qligini ta’kidladi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar