Главная » 2015 » Сентябрь » 3

Google o‘z logotipini yangiladi


  • News
  • 03 Сен 2015(09:19)
  • 461
  • 0
1-sentabr kuni Google kompaniyasi 2014-yil mayidan buyon o‘zgarmay turgan logotipining grafik uslubini tubdan yangiladi.

Logotip, avvalgilaridan farqli ravishda, nafaqat katta ekranlarda, balki eng kichik displeylarda ham (jumladan, “aqlli” soatlarda) mukammal ko‘rinishi kerak. U kompaniyaning yangi firma uslubini boshlab beradi, bundan buyon uning barcha mahsulotlari ikonkalari shu uslubda bo‘ladi.

Google’dagilar logotipni “oddiy”, “lo‘nda”, “yorqin” va “samimiy” deya tavsifladi va u kelajakda yana ko‘p bora o‘zgarishini istisno qilmadi.

Kompaniya bungacha qo‘llagan kichik “g” endi katta “G”ga almashdi.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar