Главная » 2015 » Сентябрь » 29

Google O‘zbekistonni tanladi


  • News
  • 29 Сен 2015(12:47)
  • 858
  • 0
2015-yilning fevral oyida Amerikaning Google Inc. korporatsiyasining Yangi texnologiyalar va Google ishlanmalarini rivojlantirish Oliy Departamenti o‘z ishlanmalari uchun yangi istiqbolli hududlarni o‘zlashtirishga qaror qildi. Shu maqsadda Google korporatsiyasining idorasi Istanbulda joylashgan Yaqin va Uzoq Sharq, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yirik riteyleri — General Mobile potensial bozorlarni qidirishni boshladi.

Foto: General Mobile
Rivojlanayotgan bozorlarni izlash jarayonida General Mobile kompaniyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va boshqa bir qator mamlakatlarda bo‘lib, har qaysi bozorning qo‘yilgan maqsadlarga nisbatan jozibadorligi o‘rganildi. Uzoq fikr-mulohazalar, muhokamalardan so‘ng 2015-yilning iyul oyida Google korporatsiyasi vakili O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni taklif etdi. Bunda General Mobile Google ishlanmalari asosida smartfonlar ishlab chiqarishda xo‘jalik texnikasi va elektronika milliy ishlab chiqaruvchisi – Artel’ning ishlab chiqarish quvvati hamda xizmat ko‘rsatish ta’minoti eng maqbul variant ekanini qayd etdi.

Mazkur masalani amerikalik hamkori bilan muhokama qilgan holda Google jadal rivojlanib borayotgan va chet el investitsiyasi uchun qulayroq bo‘lgan O‘zbekiston bozorini tanladi. Ushbu tanlovga kelishda Artel’ning nafaqat ko‘p yillik tajribasi hisobga olindi, balki Artel ishlab chiqarish bazasining jahon texnologik standartlariga mosligi va uning bekamu ko‘st menejmentga egaligiga ham e’tibor qaratilib, Google o‘z rejalarini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda eng ilg‘or sanalgan Artel milliy ishlab chiqaruvchisi bilan yaqindan hamkorlik qilishni o‘z oldiga belgilab qo‘ydi.

Natijada Google ishlanmalari asosidagi yangi Android One smartfon modeli o‘zbek kompaniyasi bilan joriy 2015-yilning oktabr oyidan ishlab chiqarish rejalashtirildi.

Android One smartfonining o‘zi haqida gap ketganda, uning ko‘plab vazifalar va qulayliklarga ega ekanini qayd etish joiz. Nafis dizaynining zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashib ketgani smartfonni kundalik hayotimizdagi beqiyos ko‘makchiga aylantiradi.

Android One ikkita asosiy ustunlikka ega: birinchidan, unda Google ishlanmalaridan foydalanish uchun maksimal miqdordagi qulayliklar mavjud. Ikkinchidan, qurilma Android’ning yangi variantlarini avtomatik ravishda yangilaydi.

Yangi qurilma 4 ta ARM Cortex A53 yadrosiga ega 64 bitli Qualcomm Snapdragon 410 protsessori hamda Adreno 306 grafik kontrollyori asosida yaratilgan. Uning tezkor xotirasi 2 Gbni, flesh-xotirasi esa 16 Gbni tashkil qiladi. Smartfonga ikki yil ichida yangilanib turilishi kafolatlangan Android 5.1.1 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, 4-avlod LTE mobil tarmoqlarida ishlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Uskuna 1280 × 720 piksel sig‘imiga ega 5 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan. Uning ekrani qirilish va shikastlanishlardan Gorilla Glass 4 oynasi bilan himoyalangan. Smartfonning old qismida videoqo‘ng‘iroqlar va “selfi” tasvirlar uchun 5 megapikselli kamera o‘rnatilgan; yorug‘lik diodli vspishkaga ega asosiy kamera esa 13 megapikselni tashkil etadi.

Теги: Google O‘zbekistonni tanladi

Всего комментариев: 0
avatar