Главная » 2015 » Ноябрь » 18

Google qidiruv xizmati murakkab savollarga javob bera oladigan bo‘ldi


  • Admin
  • 18 Ноя 2015(18:46)
  • 361
  • 0
Google ovozli qidiruv xizmati murakkab so‘rovlarga javob berish va ularning ma’nosini yaxshiroq anglashni o‘rgandi.

Qidiruv tizimi qay tarzda ishlashi quyidagi savol misolida ko‘rsatib berildi: “Angels beysbol jamoasi Jahon Seriyasini yutib olganida AQSh prezidenti kim bo‘lgan?”

Javobni qidirib topish uchun Google bir nechta harakatni amalga oshiradi. U savolni qismlarga bo‘lib, ularning har birini qidiradi, so‘ng axborotlarni solishtirib, javobni chiqarib beradi. Shu tariqa, quyidagi javob taqdim etiladi: Angels jamoasi Beysbol bosh ligasida hal qiluvchi o‘yinlar seriyasini yutib olganida, ya’ni 2002-yilda AQSh prezidenti Jorj Bush bo‘lgan.

Ayni paytda qidiruv tizimi faqat ingliz tilidagi murakkab so‘rovlarni anglay oladi.
Всего комментариев: 0
avatar