Главная » 2015 » Октябрь » 3

Google rasman Alphabet’ning mulkiga aylandi


  • News
  • 03 Окт 2015(19:29)
  • 434
  • 0
Endi korporatsiya avgust oyida tashkil etilgan yangi xolding — Alphabet’ning yuz foizlik “sho‘basi”ga aylandi. Katta ehtimol bilan, foydalanuvchilar mazkur o‘zgarishlarni amalda sezmaydi.

5-oktabrdan yuqori texnologik NASDAQ birjasida Google aksiyalari o‘rnini Alphabet qimmatbaho qog‘ozlari egallaydi. Ayni vaqtda avvalgi tikkerlar — GOOG va Googl o‘zgarmay qoladi.

Google xolding kompaniyasining eng yirik segmenti bo‘ladi — mazkur segmentdan YouTube videoxostingi, Android operatsion tizimi, shuningdek, reklama va mobil ilovalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar joy oladi.

Alphabet’ning sayti abc.xyz manzilida joylashgan bo‘lib, xoldingga Larri Peyj rahbarlik qiladi, Sergey Brin esa xolding kompaniya prezidenti lavozimini egallaydi, Google’ga esa Sundar Pichai bosh qilib tayinlangan.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar