Главная » 2016 » Июнь » 8

Google vakili 2020-yilga kelib internet foydalanuvchilari soni 5 mlrd kishidan oshib ketishini aytdi


  • voydodaxek
  • 08 Июн 2016(17:50)
  • 611
  • 0

2020-yilga kelib dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilari soni 5 milliard kishidan oshib ketadi. Bu haqda Google’ning Rossiyadagi ofisi marketing bo‘yicha direktori Dmitriy Kuznetsov aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

“O‘sha davrlarda (90-yillar) biz internet o‘n yoki yuz millionlab odamlarga yetib bordi, deb gapirgan bo‘lsak, bugun internet deyarli hammaga yetib borganini aytmoqdamiz. 2020-yilga kelib, bizning prognozimiz bo‘yicha, dunyoda 5 milliarddan ortiq internet foydalanuvchisi bo‘ladi, ularning ko‘pchiligi internetga smartfon orqali chiqadi”, — dedi u Google Think Performance konferensiyasidagi chiqishida.

Kuznetsov dunyoda o‘rtacha har 15 daqiqada 50 ming smartfon sotib olinayotganini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.

www.Voydoda.Com

Всего комментариев: 0
avatar