Главная » 2015 » Сентябрь » 5

Google Xitoy bozoriga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda


  • News
  • 05 Сен 2015(15:52)
  • 408
  • 0
Google korporatsiyasi 2015-yil kuzida Xitoy hukumatidan Google Play internet-xizmatining Xitoy uchun mo‘ljallangan versiyasini ishga tushirishga ruxsat olishga umid qilmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya Android Wear platformasini qo‘llab-quvvatlashni ham kengaytirish niyatida.

“Mazkur harakatlar Google’ni davlat senzurasi talablarini bajarib, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Xitoy hududida saqlab, mazkur mamlakatda internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalardan biriga aylantiradi”, — deb yozadi nashr.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil oxirida Xitoy hukumati mamlakat hududida Gmail servisini o‘chirib qo‘ygandi. Mamlakat hukumati hozirgi vaqtda ham Google servislarini blok qilib qo‘yishni davom ettirmoqda. Shunga qaramay, Google’ning xitoylik foydalanuvchilari kompaniya xizmatlaridan foydalanishning yangidan yangi yo‘llarini izlab topmoqda.

Manba: Daryo.uz

Теги: Google Xitoy bozoriga qaytish bo‘yi

Всего комментариев: 0
avatar