Главная » 2015 » Октябрь » 3

“Grin kard” lotereyasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi


  • News
  • 03 Окт 2015(10:19)
  • 540
  • 0
AQSh davlat departamenti “Grin kard” yoki “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” lotereyasiga onlayn rejimda ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi. 2015-yil 3-noyabrda ro‘yxatdan o‘tish muddati tugaydi, deya xabar bermoqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy sayti.

Amerika hukumati ushbu dasturi orqali 50 000 nafar doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil mobaynidagi AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq vizalar miqdori belgilanadi.

Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.

Barcha arizalar elektron ravishda ro‘yxatga olish davrida http://www.dvlottery.state.gov/ sahifasi orqali topshirilishi shart.

Elchixona xabarida ta’kidlanishicha, “Grin kard” lotereyasida ro‘yxatdan o‘tish bepul jarayondir. “Grin kard” lotereyasi uchun ma’muriy to‘lovlar faqatgina Toshkentdagi AQSh elchixonasida viza olish uchun suhbat davomida olinadi. Murojaat etuvchilarni elchixonadagi suhbatdan oldin pul to‘lashga undaydigan har qanday xatlar firibgarlarning faoliyatidir.

Теги: “Grin kard” lotereyasiga ro‘yxatdan

Всего комментариев: 0
avatar