Главная » 2016 » Февраль » 25

Guli Asalxo‘jayeva: Kelasi yildan opam bilan alohida-alohida konsert bermasak bo‘lmaydi


  • News
  • 25 Фев 2016(11:00)
  • 455
  • 0
Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 19—21-fevral kunlari opa-singil xonandalar — Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalarning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsert arafasida opa-singil o‘rtasida kelishmovchilik yuz berdi. Tarqalgan turli gap-so‘zlarga ko‘ra, xonandalar birgalikdagi konsert dasturida nechtadan qo‘shiq aytish borasida kelisha olishmagan.

Bu gaplar qanchalik asosli ekanligini aniqlash maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda Guli Asalxo‘jayeva bilan suhbatlashdi. Ma’lumot uchun, konsertda ikki san’atkor jami 31 qo‘shiq kuyladi.

— Sakkiz yil davomida konsert bermaganimiz sababli, opamda ham, menda ham ancha qo‘shiqlar yig‘ilib qolgan ekan, — dedi Guli Asalxo‘jayeva. — Nazarimizda, bir qo‘shiqni aytsak, biri qolib ketayotgandek tuyulaverdi. Shu sabab o‘rtamizda to‘g‘ri ma’nodagi ijodiy bahslar bo‘lib turdi, keyingi yildan alohida-alohida konsert bermasak bo‘lmaydi, degan hazillar ham qilib turdik. Ammo buni aslo janjal deb o‘ylash kerak emas.

— “Istiqlol” san’at saroyida konsert berish uchun yaxshigina mablag‘ sarflanadi. Konsertning moddiy tomoni opa-singil o‘rtasida qanday taqsimlandi?
— Agar birga konsert qo‘yadigan bo‘lsak, opam meni xarajat qilishga qo‘ymaydi. Biror marta “mana bu joyga shuncha pul berasan”, deb aytmagan. To‘g‘ri, men ham qarab turmayman, qo‘limdan kelgan harakatni qilaman. Biroq bizda hattoki 75/25 degan gap ham yo‘q, hammasiga opam bosh-qosh bo‘ladi. Bunaqa opalar yuztadan bitta bo‘lsa kerak. Shunday bag‘rikeng, mard opam borligidan faxrlanaman.

Теги: Guli Asalxo‘jayeva: Kelasi yildan o

Всего комментариев: 0
avatar