Главная » 2015 » Сентябрь » 9

Haier ikki qavatli kir yuvish mashinasini namoyish etdi


  • News
  • 09 Сен 2015(09:23)
  • 854
  • 0
IFA-2015 ko‘rgazmasiga Haier kompaniyasi tomonidan namoyish etilgan ikki bakli kir yuvish mashinasi kir yuvish sohasidagi texnik innovatsiyalar uchun mukofotlandi. Bu haqda Haier tomonidan chiqarilgan press-relizda ma’lumot berilgan.

Qurilma shunday qurilganki, bir vaqtning o‘zida ikki barabanga kirlarni joylash, ayni vaqtda har bir baraban uchun alohida kir yuvish tartibini belgilash imkonini beradi.

Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida bir kir yuvish mashinasida ham oq, ham rangli narsalarni, paxta va jundan tayyorlangan liboslarni yuvish mumkin bo‘ladi. Yuqori bakka 4 kilogramm, quyidagi bakka esa 8 kilogramm kir joylash mumkin.

Haier’ning mazkur innovatsion kir yuvish mashinasini sensor panel orqali ham, smartfon yoki planshet orqali ham boshqarish mumkin.

Ma’lumot uchun, IFA ko‘rgazmasi 4—9-sentabr kunlari Germaniya poytaxti Berlin shahrida bo‘lib o‘tadi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar