Главная » 2015 » Ноябрь » 27

“Hammayoqda biznikilar!”: Krishtianu Ronaldu va Aleks Teysheyra dublga erishgan o‘yinda hilpiragan O‘zbekiston bayrog‘i


  • News
  • 27 Ноя 2015(21:54)
  • 830
  • 0
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida Ukrainaning Lvov shahrida tashkil etilgan “Shaxtyor” (Donetsk, Ukraina) va “Real Madrid” (Ispaniya) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiradi. O‘zbekiston bayrog‘i ko‘ringan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Xususan, “Real Madrid” himoyachisi Rafael Varan va “Shaxtyor” sardori Aleks Teysheyraning to‘p uchun kurashi aks etgan fotosuratning orqa fonida O‘zbekistonning ikki bayrog‘ini ko‘rish mumkin — ulardan biri o‘rtasiga kirill alifbosi harflarida “XIVA” deb yozilgan.

“Shaxtyor” — “Real Madrid” uchrashuvi 4:3 hisobida ispan klubi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvda donetskliklar sardori Aleks Teysheyra va madridliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu dublga erishdi.

Ma’lumot uchun, yirik xalqaro futbol musobaqalaridan tashkil etilgan jonli teletranslyatsiyalar, uchrashuvlaridan uyushtirilgan fotoreportajlar davomida O‘zbekiston bayrog‘i hilpirayotgani aks etgan holatlar bir necha bor qayd etilgan. Xususan, Ispaniya va Italiya o‘rtasidagi Yevro-2012 final uchrashuvida ham O‘zbekiston bayrog‘i hilpiragandi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar