Главная » 2015 » Октябрь » 12

Havoda 830 metrga ko‘tarilgan suv raketasi jahon rekordini o‘rnatdi


  • News
  • 12 Окт 2015(17:19)
  • 405
  • 0
Janubiy afrikalik olimlar va talabalar hech qanday yoqilg‘i yoki yonuvchi suyuqliklarsiz, bir marta siqilgan havo energiyasi bilan suv (pnevmogidravlik) raketasini havoda 830 metrgacha ko‘tarishga erishdi. Gizmodo’ning xabar berishicha, shunday qilib 2007-yil AQShda o‘rnatilgan avvalgi rekord (623 metr) ortda qoldirildi.

Raketa minimal budjet asosida oddiy detallardan tayyorlangan. Qurilma og‘irligi atigi bir yarim kilogramm bo‘lsa-da, bort kompyuteri, videokamera, parashyut va raketani harakatga keltirish tizimi bilan ta’minlangan.

Uchirish vaqtida raketa 550 kilogramm kuch ishlab chiqardi (bu o‘rta kattalikdagi avtomobilni ko‘tarish uchun yetarli kuch) va yarim soniyadan kamroq vaqt ichida soatiga 550 kilometrlik tezlikka erishdi (bunday tezlik bilan u futbol maydonini soniyaning to‘rtdan uch qismida kesib o‘tishi mumkin).
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar