Главная » 2015 » Октябрь » 1

Haydovchisiz Lutz Pathfinder mitti-avtomobillarini sinovdan o‘tkazish boshlandi


  • News
  • 01 Окт 2015(18:44)
  • 500
  • 0
Buyuk Britaniyaning Bakingemshir grafligidagi Milton-Kins shahrida jamoatchilik oldida, kelgusida piyodalar uchun yo‘llarda harakatlanib, yo‘lovchilarni tashiydigan kichik elektrik Lutz Pathfinder avtomobilini taqdim etildi.

Lutz Pathfinder bortiga ikki odam va ozgina yukni olishi mumkin. Akkumulyatorli batareyasi bloki 60 kilometrga yaqin yo‘lni bosishga yetarli bo‘ladi, maksimal tezligi esa 24 km/soat bilan cheklangan.

Mitti-mashinalarning asosiy xususiyati panoramali kamera, lazerli datchik, radar, GPS navigatsion tizim priyomnigi va boshqalarga ega bo‘lgan avtopilot tizimi bo‘lib hisoblanadi.

Lutz Pathfinder ishlanmasini tayyorlash uchun bir yarim yil vaqt sarflandi. Oksford universitetining Mobile Robotics Group bo‘linmasi mutaxassislari yaqin vaqt ichida elektromobil va avtonom boshqaruv tizimi uskunalarini testdan o‘tkazishga tayyorlaydi. Dastlab Lutz Pathfinder sinov dasturiga uch avtomobil qo‘yiladi. Bundan tashqari, salonda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyor turgan operator mavjud bo‘ladi. Kelgusida mashinalar butunlay mustaqil harakatlanishi shart. Kelajakda Buyuk Britaniya ko‘chalarida o‘nlab Lutz Pathfinder mashinalari harakatlanishi kutilmoqda. Mazkur robotlashgan mashinalar piyoda yurishni xohlamaydigan keksalar va umuman barcha oddiy odamlarni ko‘zlangan manzilga eltib qo‘yishi mumkin. Bunday robot taksini chaqirish uchun maxsus mobil dasturlardan foydalanish mumkin.
Всего комментариев: 0
avatar