Главная » 2016 » Апрель » 11

Hayot yo'llari: Ojiza (Maslahat bering!)


  • News
  • 11 Апр 2016(23:59)
  • 558
  • 0
Assalomu alaykum! Hayotda har bir inson nimadir masalalarda kimlardandir(ota-onasi, do'stlari, yaqin insonlari va h.o.) maslahat so'rab ish ko'rishi tabiiy hol. Hayot yo'limdagi ba'zi muammolarim bo'yicha foydalanuvchilardan ham maslahatlar so'rashni lozim topdim va umid qilamanki ular o'z maslahatlarini ayamaydilar!

Otam biznesmen, onam tadbirkor, 4 ta uka bor, allbatda men uchun bu dunyoda ulardan qardliroq insonlar yo’q, lekin otam onamning ikkinchi hayoti sabab otam meni uncha hush ko’rmasdi.

5 6 oycha oldin onamning qo’l ostidagi kafega yangi bo’sh ish o’rin ochilishi tufayli farrosh ayolni ishga oldilar. Ko’p vaqt o’tmay farrosh ayolning qizi Gulmira (ismi o’zgartirilgan) bilan yaqin dugona bo’lib qoldim, albbatda yaqin dugonamning puldan qiynalishi menga yoqmasdi, oyim qarshi bo’lsalar ham men uni har kuni uyga olib kelardim, uni o’zimga o’xshab yaxshi yashashini hohlardim va oyimga qo’l ostida ish topib berishini so’rab ishga joylashtirdim va kelajakda qiynalip qolmasligi uchun, o’z hisobimdan bo’sh vaqtida abituriyentlar maktabida o’qitardim. Men unga o’zimga ishonganday ishonb barcha sirlarimni ochardim.

Kunlar o’tib Gulmira asl basharasi ochdi, puldan qiynalishi sabab u meni nomimdan ko’p ishlar qilayotganini sezib qoldim. Bu ham mayli, o’zim bilan yoshi teng Gulmira otam bilan don olishib yurganini bilb qoldim. Oyim nega ularni ishdan bo’shatishlari sababini, dardini ichiga yutb ko’p betob bo’lishini sababi tushunib yetdim. Hozirda oyimni ustidan shikoyat qilishib 15 kuga ozodlikdan ma`hrum qilshdi, shu orada otam menga Gulmirani uyga olib kelishini va meni uydan ketishimni hohlashini aytdi.

Sizlardan so’raqmoqchi bo’lgan maslahatim shuki, Menku mayli erga tegib, oilali bo’p ketarman lekin 4 ta ukamga ota tarbiyasi kerak emasmi ? Ertaga onam ozodlikga chiqadi va biz bu ishlarni ko’ra bila turib qanday yashaymiz? Gulmirani orqamdan pichoq urushi, bu ishlarini xudoga solib qo’yishga chiday olmayapman, nimaq qilishim kerak? Maslahat bering iltimos!
loading...
Всего комментариев: 0
avatar