Главная » 2016 » Август » 23

Hillari Klinton televizion targ‘ibot uchun 80 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda


  • Pro_eXclusive
  • 23 Авг 2016(11:29)
  • 177
  • 0
AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton kuzda saylovoldi televizion targ‘ibot uchun salkam 80 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning shtabi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Avgust oxirigacha bu maqsadlar uchun atigi 3 million dollar yo‘naltiriladi. Sentabr va oktabrda esa Klintonning teletarg‘ibot uchun xarajatlari 77 million dollarni tashkil etadi. Shuningdek, radio orqali reklamaga 15 million dollar sarflash ko‘zda tutilgan. Klintonning saylovoldi roliklari Florida, Ayova, Ogayo, Nyu-Gempshir, Nevada, Shimoliy Karolina, Pensilvaniya va Nebraska shtatlarida namoyish etiladi. Uning shtabi mazkur shtatlar, shuningdek, Virjiniya va Koloradoda efir vaqti sotib olish uchun 70 million dollar sarflashga ulgurdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar