Главная » 2016 » Январь » 25

Hindiston va Rossiya beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yaratish loyihasiga 4 mlrd dollardan sarmoya kiritishga kelishib oldi


  • voydodaxek
  • 25 Янв 2016(16:54)
  • 372
  • 0

Hindiston va Rossiya beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini (FGFA) yaratish ustida ishlarni davom ettirish va bu loyihaga ikki tomon ham 4 milliard dollardan sarmoya kiritishi xususida kelishib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Hindiston va Rossiya vakillari FGFA borasidagi o‘zaro muzokaralarda kelishuvga erishdi va ikki tomonning loyihaga qo‘shadigan ulushi 4 milliard dollargacha kamaydi. Mazkur kelishuv Su-30 samolyotlarini almashtirishi lozim bo‘lgan 250 ta beshinchi avlod qiruvchi samolyotini qurishga imkon beradi”, — deya ma’lum qilgan Hindiston mudofaa vazirligidagi manba.

2008-yilda ushbu loyihaga ikki tomon kiritadigan investitsiya 5,5 milliard dollardan bo‘lishi belgilangan, inflyatsiya hisobini olganda, hozirgi kunga kelib bu summa 6 milliard dollarni tashkil etardi. Biroq, manbaning ta’kidlashicha, Hindustan Aeronautics Ltd va “Suxoy” konstruktorlik byurosi birlashmasi loyihani 40 foiz arzon narxda, 7 yil davomida amalga oshirishga rozi bo‘lgan.

Всего комментариев: 0
avatar