Главная » 2016 » Январь » 25

Hindistonda tuman tufayli 50 ta mashina to‘qnashib ketdi


  • voydodaxek
  • 25 Янв 2016(16:55)
  • 323
  • 0

Hindiston shimolidagi yo‘lda 25-yanvar, dushanba kuni kamida 50 ta mashina to‘qnashib ketdi. Avariya natijasida bir kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jabrlangan. Bu haqda Times of India gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

Hodisa Katta Noyda shahridan Agraga olib boruvchi olti polosali trassada yuz bergan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ta’kidlashicha, YTH yuz bergan vaqtda qalin tuman tufayli deyarli ko‘rib bo‘lmaydigan vaziyat bo‘lgan.

“Dastlab avtomobil yuk mashinasiga kelib to‘qnashgan, keyin boshqa mashinalar ularga kelib urila boshlagan. Hodisa joyiga zudlik bilan qutqaruvchi va yo‘l xizmati xodimlari yetib keldi”, — deb ta’kidlaydi politsiya.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar