Главная » 2017 » Август » 5

Hindistondagi universitetda o‘zbek tili va madaniyati xonasi ochildi


  • Mirkarimoff
  • 06 Авг 2017(00:09)
  • 238
  • 0

“Jahon” agentligi axborotiga ko‘ra, xona xalq amaliy san’atining yorqin namunalari, O‘zbekistonning ko‘p asrlik boy ma’naviy-madaniy tarixi va zamonaviy qiyofasi haqida hikoya qiluvchi suratlar bilan bezatilgan.

Universitet talabalari e’tiboriga o‘zbek tilidagi kitoblar, risolalar va adabiyotlar, suratli jurnallar va O‘zbekiston haqidagi boshqa axborot materiallari havola qilingan.

Universitetning Xalqaro tadqiqotlar akademiyasi rahbari professor Rashmi Doraisvamining qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda universitet talabalari orasida o‘zbek tili va O‘zbekistonning serqirra madaniyatini o‘rganishga qiziqish sezilarli kuchaygan.

O‘zbek tilidan dars beruvchi professor Shohid Taslimning qayd etishicha, mazkur oliygoh Hindistonda o‘zbek tilini o‘rgatuvchi yagona ta’lim muassasadir. Joriy yilda o‘zbek tili kurslariga 30 ga yaqin talaba yozilgan.

Всего комментариев: 0
avatar