Главная » 2015 » Ноябрь » 23

HTC o‘zining yangi smartfonini eski iPhone egalariga bepul alishtirib beradi


  • News
  • 23 Ноя 2015(14:27)
  • 508
  • 0
Tayvanning HTC kompaniyasi global oldi-sotdi doirasida 26-noyabrdan 2-dekabrgacha o‘zining yangi qurilmasi — HTC One A9 ni 2014- va 2015-yilda ishlab chiqarilgan iPhone smartfonlariga qo‘shimcha to‘lovsiz almashtiradi. Shuningdek, boshqa kompaniyalarning mashhur modellarini o‘z gadjetiga alishtirishda ham yaxshigina iqtisod qilishni taklif etadi.

HTS Apple mahsulotiga o‘xshashligi uchun tanqid qilingan One A9 nomli yangi smartfoni iPhone o‘rnini bosishga qodirligini qayta-qayta ta’kidlagandi. Endi ishlab chiqaruvchi buni chindan ham amalga oshirmoqda. Kompaniyaning Amerikadagi vakolatxonasi eski qurilmani yangisiga almashtirish xizmatidan foydalanish istagidagi xaridorlar 499 dollar turadigan HTC One A9 uchun 100 foizlik chegirmaga ega bo‘lishini e’lon qildi. Mazkur aksiyada iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s va iPhone 6s Plus ishtirok etadi.

Mijoz Samsung Galaxy S6 yoki Galaxy S6 edge topshirgudek bo‘lsa, yangi smartfon narxi 200 dollarga kamayadi. Taklif LG qurilmalari — G3 va G4 uchun ham amalda bo‘ladi, biroq ular uchun chegirma atigi 100 dollarni tashkil etadi.
Всего комментариев: 0
avatar